26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Ijtimoiy hayot
23 Mart  2020 3005

Energetika vazirligi Yunusobod tumanidagi tajribani bekor qilishni taklif etadi

Ayrim OAV tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Yunusobod tumani aholisiga elektr energiyasi haqini to‘lash bo‘yicha boshqa abonentlarga qaraganda teng bo‘lmagan sharoitlar yaratilgan.

Bu hol 2019-yil 1-yanvardan Yunusobod tumanida yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida joriy qilingan yangi eksperimental haq to‘lash tizimining joriy qilinganligi bilan izohlanmoqda.

Hozirgi paytda, karantin bilan bog‘liq vaziyatni, ya'ni aholining ko‘pchilik qismi o‘z vaqtini uy sharoitida o‘tkazishini hisobga olgan holda, Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga ushbu tajribaning bekor qilinishini so‘rab, murojaatnoma yuborildi.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumani aholisi uchun bazaviy me’yorni bekor qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilimoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech