25 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Sport
11 Fevral  2019 848

Yunon-rum kurashchilarimiz Zagrebdagi reyting musobaqasida beshta medalga sazovor bo‘lishdi

9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida reyting turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, yaxshi natija qayd etishdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra besh nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi:

-63 kg: Islomjon Bahromov (oltin)
-63 kg: Feruz To‘xtaev (bronza)
-67 kg: Yelmurat Tasmuradov (oltin)
-97 kg: Jahongir Turdiev (bronza)
-130 kg: Mo‘minjon Abdullaev (kumush)

Sportchilarimiz ushbu musobaqa orqali Tokio – 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ishlab olishdi.

Qayd etish lozimki, terma jamoamiz vakillari turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Birinchi pog‘onadan Turkiya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech