14 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Xavfsizlik
11 Iyul  2020 371

YTH ikki velosipedchi hayotiga zomin boʻldi

Namangan viloyatida bir necha kun ichida ikki nafar velosipedchi YTH qurboni boʻldi.

4-iyul ertalab Uychi tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida “VAZ-21063” rusumli avtomashinasi haydovchisi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchini urib yuborgan. Afsuski, koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi 9-iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat boʻyicha tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bundan tashqari, 9-iyul kuni sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi ham afsuski ayanchli yakun topdi. Soat 16:30 larda, Kosonsoy-Namangan yoʻlining 17 kilometrida “Damas” rusumli avtomashinasi haydovchisi ham harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchini urib yuborgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay ogʻir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etdi.

Hozirda ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech