19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Kеyingi avlod
29 May  2019 540

Yozgi ta'tilda Toshkent shahridagi maktablarda oromgohlar tashkil etiladi

Poytaxtimiz maktablarida o‘quvchilar uchun yozgi dam olish dasturlari ochilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yozgi ta'til davrida maktablarda tashkil etilayotgan oromgohlar bolalar  uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Bu yerda har bir kun qo‘shimcha  va foydali ta'lim, sport mashg‘ulotlari, qiziqarli  va ijodiy tadbirlar bilan birga sarguzashtlarga boy tarzda o‘tadi!

Shahrimizdagi  65ta umumta'lim maktabida kunduzgi sog‘lomlashtirish markazlari ochiladi. 191 ta maktabda esa turli yo‘nalishdagi to‘garaklar tashkil etiladi. Sog‘lomlashtirish maydonlari kunduzgi soat  8-12 gacha faoliyat yuritadi.

Dastur 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun birdek foydali va qiziqarli tarzda ishlab chiqilgan, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech