17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Kеyingi avlod
31 May  2019 1150

“Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasining respublika bosqichi boshlandi

Jizzax shahrida “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” va “O‘zbekiston Respublikasi IX-chempionati” musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15-aprel kunlari tuman-shahar miqyosida har bir umumta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

Musobaqaning ikkinchi, viloyat bosqichi joriy yilning 1-18-may kunlari nazariy hamda amaliy shartlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazilib, respublika bosqichida ishtirok etadiganlar saralandi.

Respublika bosqichi 30-maydan  2-iyunga qadar davom etadi. Yakunda ikkinchi bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, 14 ta umumta'lim muassasalari terma jamoalari, shuningdek, 5 ta hududlardan qizlar terma jamoalari, jami 132 nafar o‘quvchi  ishtirok etadi.

Barcha g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech