18 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,7 °C

Kеyingi avlod
7 Fevral  2019 1627

“Yosh navoiyxonlar” ko‘rik-tanlovi g‘olibiga “Spark” avtomobili berildi

Navoiy viloyatida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yosh navoiyxonlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur tanlovning viloyat bosqichi yakuniy natijalarga ko‘ra, Karmana tumanidagi 28-sonli maktab o‘quvchisi Komila Hamroeva “Yosh navoiyxonlar” ko‘rik-tanlovi g‘olibi deb topildi va Prezident sovg‘asi “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

2- va 3-o‘rinni egallagan o‘quvchi yoshlarga esa noutbuk hamda kompyuter jamlanmalari berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech