25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,1 °C

Transport
5 Aprel  2019 736

Yosh mutaxassislar uchun zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot maydoni

“O‘zbekiston temir yo‘llar” AJ tomonidan tizimidagi elektr tarmoqlarida mahnat qilayotgan yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Toshkent elektr ta'minoti masofasining “Rahimov” stansiyasidagi navbatchilik punktida namunaviy o‘quv-mashg‘ulot maydoni tashkil etildi, deb xabar bermoqda jamiyat matbuot xizmati.

 

Bu o‘quv-mashg‘ulot maydoni kontakt tarmog‘ining asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan temir-beton tayanchlar, konsollar, izolyatorlar, kesgich detallar hamda kontakt simlarining haqiqiy namunalaridan yig‘ilgan yaxlit majmua bo‘lib, bu yerda mavsumiy profilaktik ta'mirlash ishlarini yosh mutaxassislarning o‘zlari mustaqil ravishda bajarish imkoniyatiga ega.

Endilikda himoya vositalari va asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalangan holda ta'mirlash yoki tiklash ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq o‘quv-mashg‘ulotlari, kasbiy bilim sinovlari ushbu maydonda olib borilmoqda.

Maydonda elektrovoz tok qabul qilgich uskunasi (pantograf) ham o‘rnatilgan. Bu, o‘z navbatida, ishchi-xodimlarga pantograf harakatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘rganish imkonini beradi. Bundan tashqari, maydonda kontakt tarmog‘ida kuchlanishni masofadan o‘chirish moslamasi ham mavjud. Albatta, bu stansiya navbatchilarini masofadan boshqarish tizimiga amaliy o‘rgatish uchun juda muhim vositadir.

O‘quv-mashg‘ulot maydonida o‘zaro hamkorlikda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalari ham o‘z amaliy bilimlarini oshiradi.

Shu kungacha bu yerda Xovos, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Qo‘qon va Termiz elektr ta'minoti masofalari o‘rta bo‘g‘in rahbarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech