17 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,4 °C

Kеyingi avlod
6 Yanvar  2019 1744

Yosh iste’dodlarni aniqlash

Xalq ta’limi vazirligining ko‘rik-tanlovlarida yosh iste’dodlar barchani xushnud etdi.

Texnik ijod va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida yosh novatorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash uchun XTV tomonidan «Youth techno art-2018» festivali o‘tkazildi. Uning hududiy bosqichlarida 4,2 ming nafar maktab o‘quvchisi va «Barkamol avlod» bolalar markazlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Ular beshta yo‘nalish bo‘yicha musobaqalashdilar. Toshkentda bo‘lib o‘tgan finalda Termiz tumanidan Asadbek Hasanov (avtomobillarni modellashtirish), Toshkent shahridan Azizullo Komiljonov (aviaraketalarni modellashtirish), Namangandan Tursunboy Abdulboriev (elektron o‘yinchoqlar), Navoiydan Suhrob Haydarov (robototexnika) va Shofirkon tumanidan Haydar Rafiqovlar (radiotexnika, elektronika va aloqa) eng yaxshilari deb tan olindi.

Shuningdek, o‘tgan yilning mart oyida boshlangan «Yilning eng iste’dodli yosh shoiri» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi. Unda 5-10-sinf o‘quvchilaridan 3 ming nafari qatnashgan bo‘lsa, shundan 14 nafari to‘rtinchi bosqichga chiqdi. Bu bosqichda ularga Vatan, muhabbat va insonparvarlik, atrof-muhit va jamiyat hayoti haqida she’rlar yozishga to‘g‘ri keldi. Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Sevinch Omonova ko‘rik g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Saida Boynazarovaga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Samarqand viloyati Urgut tumani 142-maktab o‘quvchisi Shahzoda Ashrapova egalladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech