10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Xavfsizlik
3 Iyun  2020 450

Yoʻlovchi ham, haydovchi ham voyaga yetmagan edi

Uchkoʻprik tumanida “Lacetti” rusumli avtomashina agʻdarilishi oqibatida bir nafar voyaga yetmagan shaxs vafot etdi.

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida 1-iyun kuni voyaga yetmagan haydovchi “Lacetti” rusumli avtomashinasini Qoʻqonboy mahallasida boshqarib ketayotib boshqaruvini yoʻqotgan. Natijada avtomashina agʻdarilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu YTH oqibatida avtomashinada boʻlgan voyaga yetmagan yoʻlovchi shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech