24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Xavfsizlik
13 Avgust  2019 324

Yo‘lovchi aeroportda nega 8 soat qolib ketdi?

“Seul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlaganiga 8 soatdan ortiq vaqt o‘tsa-da,  fuqaro R.M.ning poytaxt aeroportidan chiqib ketishga harakat qilmasligi bojxona xodimlarini shubhalantiradi.

 

Qolaversa, ushbu yo‘lovchi o‘zi bilan olib kelgan 3 dona bagajlarning “Seul-Toshkent” reysi bo‘yicha keltirilganligini tasdiqlovchi yorliqlarni ham olib tashlab, keyingi reysda keltirilgan bagajlardagi yorliklarni olib, yopishtirishga urinadi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Bu bilan go‘yoki u Seuldan emas, boshqa shahardan kelayotgan yo‘lovchidek taassurot qoldirishni rejalashtiradi. Ammo, uning bu rejasi naf bermadi.

“Qizil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tar ekan, ushbu shaxsning yuklari belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, bagajlarda bojxona nazoratidan yashirilgan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 244 dona uyali telefonlar va 50 dona parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 250 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech