03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,6 °C

Xavfsizlik
1 Aprel  2020 1505

Yo‘l qoidasi bugun har qachongidan ham muhim

Avtotransport harakatlanishiga nisbatan o‘rnatilgan taqiqni buzganlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.

Yo‘l-patrul xizmati va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan 31-mart soat 20.00 dan 1-aprel 7.00 gacha Toshkent  shahar yo‘llarida 168 ta tegishli ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlangan avtomobillar aniqlandi. Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismi «Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish» bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV xabariga ko‘ra, jami 27 107 ta avtotransport vositalari tekshirilgan bo‘lib, shundan 1 912 ta turli xil huquqbuzarliklar aniqlandi. Ulardan 766 tasi bevosita karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq, tegishli ruxsatsiz (stikersiz) harakatlangan avtomobillar soni 168 tani tashkil etdi. Jarima maydonchasiga joylangan avtotransport vositalarining umumiy soni 545 tani tashkil etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech