01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Xavfsizlik
21 Aprel  2020 1038

YHT o‘limga olib keldi

Qashqadaryoda «Spark» va «Zil» avtomashinalarining to‘qnashuvi sodir bo‘lib, haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi.

2020-yil 20-aprel soat 21:30 da «Spark» rusumli avtomashinasini «Koson-Muborak» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketyotgan 32 yoshli haydovchi A-380  yo‘lning 121 kilometrida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Natijada   41 yoshli haydovchining boshqaruvida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan «Zil» rusumli yuk avtomashinasiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

«Spark» avtomashina haydovchisi hodisa joyida og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

Holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech