22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Xalqaro munosabatlar
8 Aprel  2019 959

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili P.Burian boshchiligidagi YeI delegatsiyasi va Global Yashil O‘sish Instituti bosh direktori o‘rinbosari X.Kim Orol dengizi hududiga (Nukus va Mo‘ynoq tumani) tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida trast fondi (KTShTF) doirasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Hududga tashrif doirasida O‘zbekiston tomoni Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish va KTShTF faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar natijalarini taqdim etdi. Tashrifning davomi sifatida delegatsiya Orol dengizi hududidagi Mo‘ynoq ilmiy-tadqiqot markazi, kashtado‘zlik bo‘yicha tikuvchilik ustaxonasi, ochiq kemalar muzeyi bilan tanishdi.

Moliyaviy hamda texnik yordamni jalb qilish maqsadida loyiha takliflarini ishlab chiqish va baholash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan ustuvor tashabbuslar mehmonlarga taqdim etildi.

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bosh boshqarmasi (DEVCO) vakili M.Ramakers, joriy yilning oxiriga qadar dastlabki moliyaviy yordam berilishi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini aytdi. DEVCO 2021-2027-yillar mobaynida o‘z e'tiborini Yevropa Ittifoqi byujetidan Orolbo‘yi uchun mablag‘ ajratishga qaratadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Orolning qurishi oqibatlarini bartaraf etish uchun aralash moliyalash mexanizmini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish istiqbollarini o‘rganmoqda.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston tomoni taklifi bilan BMTning Yashil iqlim fondidan (YaIF) mablag‘ jalb qilish borasida loyihaviy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech