04 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
20 Aprel  2020 1783

Yevropa chempionati ko‘chirildi

Basketbol bo‘yicha Yevropa birinchiligi 2021-yildan 2022-yilga ko‘chirildi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi – FIBA tashkilot musobaqalari muddatiga koronavirus pandemiyasining ta’siriga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazdi.

Videokonferensiyada basketbol bo‘yicha Yevropa chempionati – «Evrobasket-2021» musobaqalari muddatini ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu galgi «Evrobasket-2021» Germaniya, Gruziya, Chexiya va Italiyada 2021-yil 2-9-sentyabrda o‘tkazilishi belgilangan edi. «Tokio-2020» Olimpiya o‘yinlari 2020 yildan 2021-yilga ko‘chirilganligi munosabati bilan basketbol bo‘yicha Yevropa chempionati endi 2022-yil 1-18-sentyabrda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Basketbol bo‘yicha Yevropa chempionati – to‘rt yilda bir marta FIBA shafeligida Yevropaning erkaklar terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro turnirdir. Bu turnir birinchi marta 1935-yilda Shveytsariyada o‘tkazilgan. «Evrobasket»ning amaldagi chempioni Sloveniya terma jamoasi hisoblanadi. Ushbu chempionlik kubogi FIBA Basketbol shon-shuhrat zali a’zosi, FIBA vitse-prezidenti bo‘lgan Nikolay Semashko nomi bilan ataladi.

Basketbol bo‘yicha Yevropa chempionatining saralash musobaqalari qit’aning 41 ta milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Saralash o‘yinlarining har bir bosqichida turli miqdordagi terma jamoalar ishtirok etadi. Bunda guruhdagi har bir jamoa o‘z raqiblariga qarshi ikki marta – uyida va mehmonda kurash olib boradi. Natijada ular orasidan eng kuchli 24 terma jamoasi Yevropa chempioni unvoni uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, basketbol bo‘yicha Yevropa chempionatining saralash musobaqlari 2017-yil 23-noyabrda boshlangan va 2021-yil 23-fevralda nihoyasiga yetishi kerak edi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech