26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Transport
2 Iyul  2020 574

Yetuk aviatsiya mutaxassislari oʻzimizda tayyorlanadi

Toshkent davlat transport universiteti Fransiya taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilyapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi koʻmagida Yevropada aviatsiya sohasidagi eng katta oʻquv yurti hisoblangan Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC – École nationale de lʼaviation civile) hamda Tuluza biznes maktablari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, kelajakda yurtimizda aviatsiya sohasi uchun malakali uchuvchilar, yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida videomuloqot tashkil etildi.

Ushbu videomuloqotda Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi, Tuluza biznes maktabi hamda “Airbus” kompaniyasining vakillari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent davlat transport universiteti oʻrtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida bir qator yoʻnalishlarda memorandum tuzishga kelishib olindi. Xususan, Toshkent davlat transport universitetida oʻquv bazasini yaratish, fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash yuzasidan bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma dasturlar tuzish koʻzda tutilyapti.

Shuningdek, uchuvchilarni tayyorlash maqsadida talabalar akademik mobillik dasturlarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilarni Fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabida malaka oshirish va stajirovka dasturlari boʻyicha oʻqishga yuborish nazarda tutilayotir deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech