13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
16 Oktyabr  2019 403

Yaponiyadan 320 kilometr narida KXDR kemasi to‘ntarilib ketdi

Yaponiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Shimoliy Koreyaga tegishli baliq ovlash kemasi Yaponiyaning Isikava prefekturasi Noto yarimoroli yaqinidagi maxsus iqtisodiy zonasi suvlarida to‘ntarilib ketgan.

NHK telekanali xabariga ko‘ra, Yaponiyaning patrul xizmatiga halokatga uchraganlarni qidirayotgan boshqa bir KXDR kemasidan halokat signali uzatilgan.

Kiodo agentligining xabar berishicha, kema Sudzu shahridan 320 kilometr shimoli-g‘arbga to‘ntarilgan. Hodisaning sababi sifatida to‘qnashuv bo‘lgani borasidagi taxmin chiqarib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktabrda xuddi shu hududda Yaponiya inspeksiya kemasi bilan to‘qnashuvdan so‘ng KXDRning yana bir baliq ovlash kemasi cho‘kib ketgandi. Ekipaj a'zolari qutqarib qolingan, ammo Yaponiya va KXDR voqyea yuzasidan o‘zaro norozilik bayonotlarini almashgan.

Yaponiyada KXDR baliqchilari tomonidan mamlakat atrofida noqonuniy baliq ovlash haqida juda ko‘plab xabarlar paydo bo‘lgan.

Yana bir o‘xshash ma'lumot. Ekipaji a'zolari Rossiyaning Primorsk o‘lkasi FXX chegara nazorati xodimlariga hujum qilgan KXDRning baliq ovlash shxunasi tergovchilar tomonidan tekshirilmoqda,

Joriy oy boshida Rossiya FXX Yapon dengizida brakonerlarni hibsga olishda chegarachilar tomonidan quroldan foydalanilgani haqida xabar bergandi. Huquqbuzarlar keyinchalik masalaga oydinlik kiritish maqsadida Naxodkaga jo‘natilgan. Sentyabr oyi o‘rtalarida KXDRning boshqa brakonerlarini hibsga olish chog‘ida ular Rossiya chegarachilariga hujum qilib, to‘rttasiga jarohat yetkazgani va bir chegarachining o‘qotar quroldan yaralangani haqidagi xabar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, to‘qnashuvda shimoliykoreyaliklardan ham bir kishi yaralangan va keyinchalik u vafot etgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech