11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,3 °C

Dolzarb
8 Iyul  2020 434

Yaponiya jala tufayli 1,3 millionga yaqin kishini evakuatsiya qildi

Yaponiyaning Fukuoka, Kumamoto, Nagaski va Oita maʼmuriy hududlarining sal kam 1,3 million nafar fuqarosini suv toshqini tufayli koʻchirish tavsiya etildi.

Maʼlumki, 4-iyul, shanba kuni havo injiqligi oqibatida kunchiqar yurtida 52 kishi hayotdan koʻz yumgan. Yana ikki kishi hayot uchun kurash olib boryapti, 12 kishi bedarak yoʻqolgan.

Jala Janubi-Gʻarbdan shimolga qarab siljib boryapti. Endi ular nafaqat Kyusyu shahrini, balki Sikoku orolini, hamda Xonsyu orolining bir qismini chetlab oʻtmasligi mumkin. Bir qator joylarda yoʻllar va koʻpriklar buzilgan. Bu esa vayrongarchiliklar miqyosini aniq baholash imkonin bermayapti, deb xabar beradi RIA Novotsi.

Janubi-Gʻarbiy hududlarda avtokonsernlar, banklar va boshqa kompaniyalar faoliyatini toʻxtatib turishga majbur boʻlgan. Joylarda qutqaruvchilar va yana boshqa hududlardan yordamga joʻnatilgan oʻn ming harbiy ishlayapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech