26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Mamlakatimizda
25 Fevral  2019 963

Yangi noutbukning “umri” o‘n kunga ham bormadi

Qo‘qon shahar A.Temur ko‘chasida yashovchi O.Turdaliyeva shahardagi “Media park” savdo majmuasidan joriy yil yanvar oyi oxirlarida 3 200 000 so‘mga Lenovo rusumli noutbuk xarid qilgan. Tovar iste’molchiga bir yillik kafolat muddati bilan sotilgan. Lekin oradan 10 kun o‘tmasdan noutbuk o‘z-o‘zidan o‘chib qolgan va iste’molchi uni ishlata olmagan.

 

Shundan keyin iste’molchi qonuniy huquqlaridan kelib chiqqan holda, savdo majmuasi sotuvchisiga o‘z e’tirozlari bilan murojaat qilgan va nuqsonli tovarni shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishini so‘ragan. Ushbu holatda sotuvchi iste’molchiga tovarni bepul ta’mirlatib berishni taklif qilgan, lekin iste’molchi ushbu taklifga rozi bo‘lmagan. Shundan keyin iste’molchi Bosh prokuraturaning ishonch telefoniga murojaat qilib, masalani ijobiy yechim topilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan. Bu haqda O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxasislari tomonidan iste’molchining murojaatini o‘rganish jarayonida savdo majmuasi mas’ul xodimlari bilan uchrashib, amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilab berilgan iste’molchining huquqlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchining talabi asosida noutbukni maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishiga erishilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech