16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Sport
12 Sentyabr  2019 288

OAV: Ektor Kuper bo‘shatilib, o‘rniga yangi murabbiy tayinlanishi kutilmoqda

Xabaringiz bor O‘zbekiston Milliy terma jamoasi JCh – 2022 ikkinchi saralash bahslari doirasida Falastinga (0:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Terma jamoaning bu natijasi va o‘yin uslubi futbol muxlislarini havotirga sola boshladi. Ko‘pchilik muxlislar asosiy ayibdor sifatida bosh murabbiyni ko‘rishdi. Natijada, Ektor Kuper lavozimidan ozod etilishi mumkin, degan gap-so‘zlar ham paydo bo‘ldi.

Sports.uz saytining ma'lum qilishicha, ko‘plab munozaralardan so‘ng argentinalik mutaxassis lavozimidan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga “Bunyodkor” klubi ustozi Vadim Abramov tayinlanishi kutilmoqda. Bu borada Abramov O‘FA rahbariyati bilan muzokara ham o‘tkazgan.

Yaqin kunlarda Kuper bosh murabbiylikdan ketishi va uning o‘rniga Abramov milliy jamoamizga tayinlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech