19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Mamlakatimizda
28 Mart  2019 936

Yangi markaz oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi

Namangan viloyatining Pop tumanida aholini tadbirkorlikka yo‘naltirishga ko‘maklashuvchi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi” ishga tushirildi.

Mazkur markaz Prezidentimizning Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qarori ijrosi doirasida aksiyadorlik tijorat Xalq bankining moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

Aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi, oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi, hududda yangi ish o‘rinlarining yaratilishida ushbu markaz muhim ahamiyat kasb etadi.  

Ta'kidlash lozimki, Pop tumanida tijorat banklari tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Pop tumanida mavjud 77 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bank xodimlari har bir xonadonga kirib, tadbirkorlik bilan shug‘illanish niyatidagi fuqarolar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ayni paytgacha o‘rganishlar natijasida 2 mingdan ortiq xonadon egalari               28.0 mlrd. so‘mlikdan ortiq imtiyozli kredit olish istagini bildirgan. 

Birgina mart oyi davomida Pop tumanidagi tijorat banklari tomonidan 283 ta loyihaga 4 mlrd 413 mln. so‘mlik kreditlar ajratildi. Buning natijasida Pop tumani bo‘yicha 300 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Markazning ochilish marosimi doirasida tumandagi tarbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech