27 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Xalqaro munosabatlar
8 Fevral  2019 1306

Yangi logistika markazi yiliga 3 mln. tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Latviyaning SIA“SV Gulbis” kompaniyasi rahbari Vyacheslav Novikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati hududida chet el investitsiyasi asosida zamonaviy logistika markazini tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, logistika markazining umumiy maydoni 16 gektar bo‘lib, 20 ming kv.m konteyner terminali uchun ajratilgan. Bu yerda 25 ming kv.m.da yopiq turdagi ombor, 14 ming kv.m.da yog‘och va metal mahsulotlarini saqlash uchun majmua quriladi. Shuningdek, hududda servis markazi, bojxona xizmati, omborlarni boshqarish tizimi, ma'muriyat binosi kabi inshootlar qad rostlaydi. Yangi tashkil etilayotgan logistika markazi yiliga 3 mln. tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

E’tiborlisi, bu yerda qo‘shimcha 350 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Yuk saroyida yuk avtomobillari uchun ham bir qator qulayliklar yaratilib, u yerda Shvetsiya va Germaniya davlatlarining texnika va texnologiyalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 
Logistika markazida temir yo‘l vagonlarni saralash, ortish va tushurish ishlari, yuklarni saqlash, ro‘yhatdan o‘tkazish, markirovka xizmatlari ko‘rsatiladi. Markazni joriy yil so‘nggida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda SIA “SV Gulbis” kompaniyasi va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida memorandum imzolandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech