20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,7 °C

Transport
15 Iyul  2019 475

Yangi ko‘prik foydalanishga tayyor

Xabaringiz bor “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Ko‘prikqurilish” tresti UK mutaxassislari tomonidan Ohangaron va Mahtumquli ko‘chalari kesishmasida, shu kungacha hali yurtimizda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda.

E'tiborlisi, loyiha doirasida Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlariga eltuvchi umumiy uzunligi 19,2 km. bo‘lgan yangi zamonaviy magistral ham bunyod etildi. Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi qaroriga muvofiq mazkur yo‘nalishda ko‘priksozlar tomonidan Chirchiq daryosi ustidan o‘tuvchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan yangi ko‘prik qad rostladi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Loyihalashtirish ishlari “Boshtransloyiha” AJ muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ko‘prikning umumiy uzunligi 256, kengligi 30,8 metrni tashkil etadi. Mazkur inshoot 6 yo‘nalishda avtomobillar harakati uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, ko‘prikni barpo etishda piyodalar yo‘lagiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Qurilish-montaj ishlari “13-ko‘prikqurilish otryadi” ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech