23 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,4 °C

Mamlakatimizda
15 Yanvar  2020 563

Yangi ko‘chmas mulk va mashina sotib olinganda ipoteka va garov shartnomasi notarial tasdiqlanmaydi

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonunga muvofiq, notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonning 10 dan ortiq qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalarning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, “Notariat to‘g‘risida”gi Qonun xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius, notarial palataga oid normalar bilan to‘ldirildi.

Jumladan, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius:

- yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga,

- bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga,

- mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga,

- xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga,

- sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.

Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a'zoligiga asoslangan notijorat tashkilot hisoblanadi.

Bundan tashqari, amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga xususiy notarial faoliyat ham kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech