21 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Sport
13 Yanvar  2019 1266

Yana uchta jamoa pley-offga yo‘l olganlar qatorida

Osiyo Kubogining 2-tur o‘yinlari davom etadi. Kecha ham uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar keyingi bosqich masalasini 2-turdayoq hal qilib qo‘yaqolishdi. Kunning birinchi o‘yini “D” guruhi jamoalari Vetnam hamda Eron o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Chempionlikka da’vogar jamoa sifatida qaralayotgan Eronga vetnamliklar ham qarshilik ko‘rsata olishmadi. Sardor Azmunning dubli eronliklarga 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani keltirdi.

“D” guruhining ikkinchi o‘chrashuvi Yaman va Iroq terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda iroqliklar raqiblari darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, muddatidan oldina pley-offga chiqqan jamoalar qatoriga qo‘shildi. Gollarga Ali – 11 (0:1), Rasan –19 (0:2), Abbas– 90(0:3) mualliflik qilishdi.

“E” guruhida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Livanni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Livanliklar ham hujumlar uyushtirishdi, ammo o‘yinni saudiyalik futbolchilar nazorat qilishdi. 12-daqiqada Faxad Al Muvallad hamda 67-daqiqada Xussayn Al Mogaxvilar tomonidan kiritilgan gollar Saudiya Arabistoni terma jamoasiga 2:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham pley-off masalasini hal qildi.

Bugungi o‘yinlar:

     E guruhi;                                                     o‘yin vaqti;

KXDR ­­– Qatar                                                      16:00

    F guruhi;                                                      o‘yin vaqti;

Yaponiya – Ummon                                              18:30

Turkmaniston – O‘zbekiston                                  21:00

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech