15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,8 °C

Xavfsizlik
11 Sentyabr  2019 3593

Yana bir sportchi ko‘cha mushtlashuvida pichoqlab o‘ldirildi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 10-sentabrdan 11-sentabrga o‘tar kechasi, taxminan soat 00:50 da Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida ikki guruh yosh yigitlar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Tashqariga chiqqan yoshlar Shayxontohur tumaniga borib, mushtlashuv uyushtirishgan. Natijada mushtlashuvda ishtirok etgan uch nafar yigit tan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan biri – 23 yoshli Muslimbek Omonov. shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumgan. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (“Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bezoriliklarda qatnashgan barcha yoshlarning shaxsi aniqlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech