20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,3 °C

Transport
16 Yanvar  2019 4396

Yana bir qulaylik: endi Buxorodan Xivaga poezd qatnaydi

Sayyohlikni rivojlantirishda transport eng muhim vosita hisoblanadi. Undagi servis va shart-sharoitlar yuqori dajarada tashkil etilgan bo‘lsa, mehmonlarning yurtimizga bo‘lgan munosabati ham ijobiy tomonga o‘zgaradi.

 

Ko‘hna Xivani mamlakatimizning boshqa tarixiy hududlari bilan bog‘lash, sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Buxoro-Xiva tezyurar yo‘lovchi poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Poezd 12 ta vagondan iborat bo‘lib «Ekonom», «Buznes» va «VIP» turlariga bo‘lingan. Shinam, yorug‘ va barcha qulayliklarga ega vagonlar «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan. Unda vagon-restoran ham bor, deya xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Poezd bugundan boshlab Buxoro - Xiva yo‘nalishida oyning toq sanalarida, soat 12:05 da Buxoro vokzalidan jo‘naydi va 17:50 da Xiva vokzaliga yetib boradi. Xiva – Buxoro yo‘nalishida esa oyning juft sanalarida, soat 08:45 da Xiva vokzalidan jo‘nab, soat 14:48 da Buxoroga yetib boradi.

Ushbu yangi yo‘lovchi poezdining qatnovi yo‘lga qo‘yilishi natijasida qadimiy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro va Xiva o‘zaro bir yo‘lda birlashdi. Bu yurtimiz aholisi hamda chet ellik mehmonlar uchun yanada ko‘plab qulayliklar yaratadi.

2018-yil «O‘zbekiston temir yo‘llari» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 35,9 million AQSh dollari bo‘lgan ulkan loyiha qisqa muddatda amalga oshirildi. Loyiha doirasida Urganch vokzalidan Xiva shahrigacha umumiy uzunligi 33,78 km (asosiy yo‘l 29,6 km) bo‘lgan yangi temir yo‘l yotqizildi. Bundan tashqari, Xivada bir vaqtning o‘zida 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega zamonaviy vokzal ham qurib bitkazildi. Bugungi kunda Samarqand, Qarshi, Buxoro hamda Shahrisabz shaharlariga muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilgan «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarining kelgusida Xivaga ham harakatlanashi ko‘zda tutilgan.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech