21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
19 Iyun  2019 571

Yana bir ona o‘z jigarbandini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi

So‘ngi paytlarda farzand dunyoga keltirib, turli sabablarga ko‘ra uni o‘zgaga sotayotgan holatlar ko‘payib bormoqda. Ming afsuski, bazi onalar o‘z jonining bir bo‘lagi bo‘lgan bolasini pullamoqda. Nahotki, insonga berilgan eng buyuk tuhfani pulga almashish shunchalar oson bo‘lsa, deb o‘ylanib qolasan kishi. 

Anshunday holatlardan yana bir 17-iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida kuzatildi. IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 23 yoshli S.I. va uning norasmiy rafiqasi 26 yoshli G.T. o‘zaro jinoiy til biriktirib, G.T.ning 2018 yil 26 oktyabr kuni dunyoga keltirgan o‘g‘lini, tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech