06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
17 May  2020 885

Yana bir bemor vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon -tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Xalqaro masofaga qatnashga moʻljallangan yuk avtomashina haydovchisi Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik boʻlgan ushbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechib,

5-mayda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda COVID-19 infeksiyasi ham aniqlangan.

Shu yil 11-mayda esa ahvoli yomonlashgach COVID-19infeksiyasiningogʻir kechishi, ikki tomonlama oʻtkir bronxopnevmoniya ogʻir turi tashxisi bilan reanimatsiya boʻlimiga olingan. Boʻlimda bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, vazirlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham oʻtkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan. Biroq koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech