03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,6 °C

Salomatlik
9 Aprel  2020 673

Yana 8 nafar bemor sog‘aydi

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana 8 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemordan 38 nafari butkul sog‘aygan.

Shuni ta'kidlash kerakki, davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator mamlakatlarning eng nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanishmoqda. Mamlakatimizning yetuk pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog, reanimatolog kabi qator mutaxassislari telemuloqot orqali kerakli tavsiyalar berib turibdilar. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech