06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Salomatlik
5 Aprel  2020 698

Yana 5 nafar, jami esa 30 nafar bemor sog‘aydi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butkul sog‘aydi.

Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi.

Bugnungi kunda karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olingan va tibbiyot xodimlarining nazorati ostida. 

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz tomonidan qat’iy olib borilayotgan sa’y-harakatlar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda qo‘l kelmoqda.

So‘nggi marta ushbu infeksiya tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitda karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech