24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Turizm
14 Avgust  2019 264

Yana 20 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma'lum qilmoqda.

Farmondan ko‘zlangan maqsad – turizm sohasida amalga oshirayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turistik infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal qilish orqali respublikaga kelayotgan xorij fuqarolari oqimini ko‘paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorida milliy turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish, turizm sohasi kadrlar salohiyatini kuchaytirish hamda 2019-2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini amalga tatbiq qilish.

Yangi Farmonga muvofiq, 2020-yilning 1-yanvaridan yana 20 ta davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim yo‘lga qo‘yiladi. Quyida ularning ro‘yxatini keltirib o‘tamiz:

  1. Antigua va Barbuda
  2. Barbados
  3. Beliz
  4. Grenada
  5. Dominikan Respublikasi
  6. Meksika Qo‘shma Shtatlari
  7. Gvatemala Respublikasi
  8. Gonduras Respublikasi
  9. Kosta-Rika Respublikasi
  10. Kuba Respublikasi
  11. Nikaragua Respublikasi
  12. Panama Respublikasi
  13. Trinidad va Tobago Respublikasi
  14. El-Salvador Respublikasi
  15. Sent-Vinsent va Grenadin
  16. Sent-Lyusiya
  17. Bagamskix Orollari Hamdo‘stligi
  18. Dominika Hamdo‘stligi
  19. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi
  20. Yamayka 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech