03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,6 °C

Salomatlik
1 Iyul  2020 158

Yana 186 nafar bemor sogʻaydi

Bugun yurtimizning uchta hududida 186 nafar bemor koronavirusdan forigʻ boʻldi.

 

Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 25 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 64 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 44 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, jami 186 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3 369 nafar bemor sogʻaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa COVID-19dan tuzalganlarning soni 143 nafarga yetdi.

Xorazmda endi koronavirusdan sogʻayganlar soni 302 nafarni tashkil qiladi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5 569 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3 369 nafar bemor sogʻaydi.

Xorazm viloyatida esa COVID-19dan tuzalganlarning soni 302 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida koronavirusdan sogʻayganlar soni 240 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida esa 67 nafar bemor infeksiyadan forigʻ boʻldi.

Shu tariqa, bugun 186 nafar bemor COVID-19dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5 682 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech