04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Voqea-hodisalar
20 Mart  2020 364

Xubeyda virus yuqishdan to‘xtatildimi?

Xitoyning Xubey provinsiyasida  ikkinchi kundirki, koronavirusga chalinish holati uchramayapti.

Ofat o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida tezkor holatda qurilgan kasalxonalar yopilmoqda. Bu yerda boshlangan epidemiya fevral oyida  avjiga chiqqan  edi. Xitoy hukumati ofatni bartaraf etishga barcha resurslarni safarbar etdi va kutilgan natijaga erishmoqda.  Koronavirus ofatini bartaraf qilishda uxanliklarga yordam berish uchun mamlakatning  turli viloyatlaridan  jami 42 ming tibbiyot sohasi xodimlari jalb etilgan edi. Endi ular bosqichma-bosqich   o‘z yurtlariga qaytarilmoqda.

«Xubey provinsiyasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani sababli epidemiyaga qarshi kurashda mamlakatning boshqa viloyatlaridan kelib ishtirok etgan tibbiy brigadalar asta-sekin o‘z yurtiga qaytmoqda» deyiladi Sinxua axborot agentligi tarqatgan xabarda.

Kuni kecha Szyansi viloyatidan kelgan 7-chi tibbiy bo‘linma Uxan shahrini tark etdi.  105 kishilik mazkur  bo‘linma Nanchan shahri sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan shakllantirilgan edi. Bugun ular o‘z oldilariga qo‘yilgan sharafli vazifani to‘liq ado etdi va  Uxandan Nanchan shahriga uchib ketishdi, deyiladi mazkur xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech