27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
25 Fevral  2019 1037

XTV axboroti: Zominlik o‘qituvchilar maoshlarini naqd pul bilan olishgan

Xalq ta’limi vazirligi joriy yilning 16-fevralida “Maʼrifat” gazetasida chop etilgan “Zominlik o‘qituvchilar maoshi nega kechikyapti?” nomli maqolasi bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

“O‘qituvchilarga naqd pul berish Xalq ta’limi vazirligi va hududiy boshqarmalari vakolatiga kirmasada, vazirlik vakolati doirasida gazetada chop etilgan Zomin tumanidagi o‘qituvchilar murojaatlarini o‘rganib chiqdi. Shu o‘rinda mahalliy banklar naqd pul yetkazib berish uchun mas’ul ekanligini ta’kidlashimiz lozim.

Murojaat yuzasidan Jizzax viloyati hokimiyati vakillari bergan ma’lumotga ko‘ra, bu kabi holatlarni yuzaga kelishiga sabab mahalliy banklarda naqd pul muammosi bo‘lgan, ammo bugungi kunda bu masala ijobiy hal etilgan. Ayni vaqtda barcha o‘qituvchilar oylik maoshlarini naqd pul bilan olishgan”, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech