22 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Mamlakatimizda
5 Aprel  2019 415

Xronometraj ko‘zdan kechirish nima va qanday tartibda olib boriladi?

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko‘zdan kechirishdan o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi (03.04.2019 yil, 3148-son).

Nizomga ko‘ra, xronometraj ko‘zdan kechirish (xronometraj) soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.

Xronometraj – tushumlar hajmini, pul tushumini, ishlab chiqarish hajmi, tovarlarning realizatsiya hajmini aniqlovchi soliq nazorati shakli bo‘lib, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‘lovchilar uning ishtirokchilari hisoblanadi.

Xronometrajga boshqa shaxs (ekspert)larni jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xronometraj muddati ketma-ket 7 kalendar kundan oshmasligi lozim.

Shuningdek, xronometraj o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar ro‘yxatini shakllantirish mezonlari, uning ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, xronometraj o‘tkazish va natijalari bo‘yicha soliqlarni hisoblab chiqish tartibi ham belgilandi.

Xronometraj soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organining bu haqidagi buyrug‘i bilan tanishtirilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi.

Xronometraj soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatmasdan hamda unga va xodimlariga xalaqit bermagan holda o‘tkaziladi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech