18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Kеyingi avlod
5 Yanvar  2019 1066

Xorijiy tillarni o‘qitadigan maxsus kurslar kimlar uchun?

Endilikda xorijda o‘qiydigan yoshlarga chet tillarini o‘qitadigan maxsus kurslar ochiladi. Bu haqda Prezident qarorida qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bir qator vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,  “El-yurt umidi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar Jamg‘arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni, ayniqsa, respublika hududlarida xorijiy tillarga o‘qitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

2019-yilning 1-aprelidan boshlab Jamg‘arma stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy – ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarga o‘qitish maxsus dasturlari asosida maqsadli kurslar tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech