23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Xavfsizlik
20 May  2019 831

Xomashyo deb tayyor mahsulot olib kirayotganligi aniqlandi

Yurtimizda tadbirkorlikka yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarga qaramay ba'zi bir “uddaburon tadbirkor”larimiz qonunga zid ravishda bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarning TIF TN kodini o‘zgartirib, tayyor tovarni xomashyo sifatida olib kirishga urinmoqda.

Xususan, Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ nomiga xorijiy davlatdan umumiy qiymati 17 749 AQSh dollariga teng bo‘lgan, 15570 kilogramm “Parda mahsulotlari uchun mato xomashyosi” tovari olib kelinishi lozim edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Bojxona ko‘rigi davomida bojxonachilar tovarning TIF TN kodiga aniqlik kiritish maqsadida tovarlardan belgilangan tartibda namunalar olib, kompleks ekspertizaga yuborganda ushbu tovarlar xomashyo emas, balki tayyor parda matolari ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Olib qo‘yilgan ushbu parda tovarlarga nisbatan 2,1 milliard so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech