22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Sport
17 Aprel  2019 1279

Xokkey bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Poytaxtimizdagi «Ice City» muz maydoni mezbonlik qilgan xokkey bo‘yicha birinchi bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Bosh sovrin uchun finalda «Binokor» hamda «Semurg‘» jamoalari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida g‘olib nomini aniqlash uchun 5 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Hal qiluvchi uchrashuvda «Semurg‘» raqibiga hyech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, xokkey bo‘yicha ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘alaba qozondi.

Bronza medallari «Humo» jamoasiga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda o‘zini ko‘rsatgan bir qator xokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech