23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Transport
4 Iyul  2020 491

Xizmat hajmi 2,5 baravarga oshdi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati qishloq xoʻjalik mahsulotlari tashuvlarini amalga oshirishda faol.

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joʻnatuvchilarga, eksportyor, dehqon hamda tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish sifati ham, hajmi oshishda davom etyapti.

Sovutgichli refrijerator vagonlarda yuk tashish xajmi 2020-yilning olti oyi davomida oʻtgan 2019-yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshdi.

Xar yili anʼanaviy tarzda eksportga tashiladigan pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, koʻkatlar kabi mahsulotlardan tashqari 2020-yilda gilos, limon, oʻrik, uzum kabi mahsulotlar Rossiya federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining turli hududlariga yetkazib berilyapti.

Shu qatorda, import mahsulotlarni tashishga xam eʼtibor qaratilgan. Joriy yilda sovutgichli refrijerator vagonlarda aholi uchun zarur boʻlgan oziq ovqat mahsulotlari — qariyb 53 000 tonna kartoshka va 200 tonnadan ortiq yogʻ-moy mahsulotlari olib kelindi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari ” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech