23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Bilasizmi?
4 Mart  2019 1270

Xitoyda «Mars qishlog‘i» paydo bo‘ldi

Xitoyning shimoli-g‘arbida Mars sayyorasi sharoitlariga o‘xshash muhit yaratilgan birinchi baza ishga tushirildi. Unga istagan kishi kirishi mumkin.

 

«Mars qishlog‘i» deya nom berilgan baza Lenxu shahridan 60 kilometr masofada joylashgan. Mazkur hudud bekorga tanlangani yo‘q. U yer yashash sharoiti juda og‘ir bo‘lgan sahro hisoblanadi. Shuningdek, sayyohlar bu yerda o‘zlarini Yerda emas, balki Marsda deya his etishlari mumkin.

Baza ikki hududga ajratilgan, ulardan biri tashqi dunyodan butunlay uzib qo‘yilgan. Va u 160 kishi sig‘adigan turli modullardan iborat. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun qariyb 23 million dollar mablag‘ ketgan. Ammo bazadan kosmonavtlarni tayyorlashda foydalanilmaydi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech