05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,9 °C

Xalqaro hamkorlik
5 Iyun  2020 650

Xitoy yurtimiz mevalariga xaridor

Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistondan 5 ming tonna gilos sotib oladi.

Xitoyning “Beijing Xinyu Yatong International Trade Co.Ltd” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda yetishtirilgan 5 ming tonna hajmdagi gilosni yetkazib berish boʻyicha eksport shartnomasi imzolandi, deb xabar beradi “Dunyo”AA.

Mazkur kompaniya bilan imzolangan shartnomaga koʻra, taklif etilayotgan gilos mahsuloti zamonaviy uskunalarda eksport uchun qayta ishlanishi va savdooldi tayyorgarligining barcha tartib-qoidalaridan (hosil yigʻib olinishi, gidrokulerda sovitish, rangi va hajmi boʻyicha optik saralash, qadoqlash va h.k.) oʻtishi shart.

Xorijiy xaridorlar talablariga muvofiq, gilosning yangi hosili MAP (Modified Atmosphere Packaging) texnologiyalari boʻyicha eksport mahsuloti sarxilligi davrini uzaytirish imkonini beradigan maxsus zamonaviy havo oʻtkazuvchi paketlarga joylashtiriladi.

Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi “Samarkand Garden Plast” kompaniyasi bogʻlarida yetishtirilgan hosilning birinchi turkumi 5-iyun kuni “Uzbekistan Airways” AJ charter yuk reysi orqali Shanxay shahriga yetkazib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech