04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Voqea-hodisalar
17 Mart  2020 360

Xitoy va Janubiy Koreya muzeylari  yana ish faoliyatiga qaytmoqda

Shanxaydagi o‘nlab muzeylar, jumladan Xitoy badiiy muzeyi va Power Station of Art zamonaviy san’at muzeyi  qaytadan  faoliyatini  boshladi, deb xabar tarqatdi  ARTnet.

Ushbu madaniyat maskanlari yanvar oyi oxirlarida omma uchun eshiklarini yopgan edi.

Muzeylarga kirish oldidan   barchaning  sog‘ligi tekshiriladi, muzey xodimlarining hammasi niqob taqadi va tibbiyot xodimlarining virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalariga amal qiladi.

Qadimgi Xitoy san’at asarlarining eng katta  kolleksiyasi saqlanayotgan  Shanxay muzeyi bir kunda keladiganlar sonini  500 kishigacha qisqartirdi. Unga kirish uchun oldindan muzeyning WeChat  portalida chipta buyurtirish lozim. Shuningdek, muzey binosining har bir qavatida karantin hududi tashkil etilgan.

Bundan tashqari,  Edouard Malingue hamda  san’at va  ArtCN shanxay galereyalari ham ishni qayta yo‘lga qo‘ydi.

23 mart kuni Seuldagi zamonaviy san’at Milliy muzeyi ochilishi haqidagi xabarning tarqalishi koronavirus tufayli Janubiy Koreyada yuzaga kelgan ahvol ham asta-sekin yaxshilanib borayotganini tasdiqlamoqda.  Seul badiiy muzeyi va  Leeum Samsung muzeylari hozircha yopiq, ammo ko‘pchillik ushbu muassasalar ham yaqin orada eshiklarini ochishiga shubha qilmayapti.

Kuni kecha Janubiy Koreyaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha qo‘mitasi vakili koronavirus yuqtirishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani, bundan buyon kasallanishni qayd etish holatlari kundan-kunga kamayib borayotganini ma’lum qilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech