26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Ijtimoiy hayot
3 Aprel  2020 719

Xayriya markazi ish boshladi

Toshkent viloyatida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi ish boshladi. Markaz Ohangaron shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Belgilangan tartibga ko‘ra, bundan buyon nogiron, nochor, ehtiyojmand kishilarga ko‘rsatiladigan xayriya yordamlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ayni damda markazda ish qizg‘in. Bugun viloyatning 22 ta tuman va shaharlaridagi 40 nafardan oilaga oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari yetkaziladi.

10 turdagi oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari 3-5 kishilik oilaning ikki haftalik kunlik ehtiyojini ta'minlashga mo‘ljallangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech