11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Kеyingi avlod
5 Sentyabr  2019 638

O‘zbekistonlik yoshlar matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadada 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hongkongda matematika fani bo‘yicha bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari 8 ta medal olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 2500 nafar bola qatnashgan olimpiadada 10 nafar o‘quvchidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ilk marta ishtirok etdi.

Olimpiadada quyidagi o‘g‘il-qizlar sovrindor bo‘lishdi:

Oltin

Madina Toliboyeva – “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi;

Kumush

Temur Hasanov – “Sehriyo” maktabi o‘quvchisi;

Izzatilla Adilov – “Iste'dodli kelajak yoshlari” maktabi o‘quvchisi;

Bronza

Soliha Abdurasulova – “Iste'dodli kelajak yoshlari” maktabi o‘quvchisi;

Bunyod Daminov – 103-sonli maktab o‘quvchisi;

Samira Xodjabayeva – “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi;

Anna Dju – “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi;

Ruslan Teplyakov – “Bek Kichkintoy” bog‘chasi tarbiyalanuvchisi.

Bundan tashqari, “Genesis Education” maktabi o‘quvchisi Madina Toliboyeva “O‘zbekistonning eng yaxshi ishtirokchisi” sertifikatini qo‘lga kiritgan va Tokioga yo‘llanma olgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech