22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,8 °C

Harbiy
4 Iyun  2019 842

Xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi

Qurolli Kuchlar akademiyasida xalqaro olimpiadada  qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan kursantlar taqdirlandi.

Rossiya Federatsiyasining Ryazan oliy havo-desant qo‘mondonlik bilim yurtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan V xalqaro olimpiadada kursantlarimiz 35 jamoa orasidan umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashgandi.

Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining Qarag‘anda shahrida MDH mamlakatlarining harbiy bilim yurtlari kursantlari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadada Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari birinchi marotaba qatnashishlariga qaramasdan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Tadbir davomida ular ham munosib taqdirlandi.

Kursantlarning yuqori natijalarga erishishida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan Akademiya professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov, universitet doktaranti Shoxruh Xusanov, 4-bosqich talabasi Sardor Bazarboevga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari joriy yilda matematika, informatika (professional tayyorgarlik) hamda Harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech