15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,6 °C

Mamlakatimizda
18 Oktyabr  2019 471

Ingliz huquqi normalarini joriy etish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘ldi

Poytaxtimizda «English Law Day in Tashkent» («Toshkentda ingliz huquqi») xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Forum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi. 

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan Adliya vazirligiga «Navoiy» EIZ» hududida ish yuritishda ingliz tilidan foydalanib, ingliz standartlari, tamoyillari va normalari asosida «Navoiy» EIZ» ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutuvchi alohida huquqiy rejim o‘rnatish bo‘yicha takliflar kiritish vazifasi topshirilgan edi.  

Bu vazifani kelib chiqib, vazirlik xorijiy tajribani o‘rgangan holda O‘zbekiston hududida ingliz huquqi tizimini joriy etish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda.

Konferensiya yakuni bo‘yicha Toshkentda O‘zbekiston hududida  ingliz huquqi normalarini  joriy etish  istiqbollarini  ko‘zda  tutuvchi  takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Konferensiyaning birinchi  kunida ingliz huquqidagi so‘nggi  o‘zgarishlar, xususan,  ingliz huquqini xalqaro arbitraj bilan qo‘shilishi va singdirilishi bo‘yicha ish yuritishda qo‘llash masalalari muhokama  qilinadi.

Ikkinchi kun  O‘zbekiston  Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda  ingliz huquqi normalarini joriy etish  istiqbollari” mavzuidagi xalqaro konferensiya formatida o‘tkaziladi. Anjuman ishtirokchilari  kontinental huquqqa ega mamlakatlarda ingliz huquqini joriy etishning dolzarb  masalalari, xususan, bu sohada  xorijiy mamlakatlar tajribasi va O‘zbekiston  istiqbollarini  muhokama  qilmoqdalar.

Ma'lumot uchun: Qozog‘iston,  XXR, BAA, Singapur va boshqa  mamlakatlarda ingliz huquqidan foydalanish amaliyoti  yo‘lga qo‘yilgan.

Xalqaro konferensiya bugun o‘z yakuniga yetadi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech