14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,1 °C

Energetika
7 Fevral  2020 2977

Xalqaro ekspertlar YoEK islohotlarida ishtirok etmoqda

Jahon banki O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksini isloh qilishga xalqaro ekspertlarni jalb qilish orqali ko‘maklashmoqda.

Toshkentda 2020-yil 6-fevralda bo‘lib o‘tgan energetika vaziri Alisher Sultonovning JB delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Jahon banki delegatsiyasi energetika masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Xusam  Beydes boshchiligidagi energetika sohasi mutaxassislaridan tarkib topgan. 

Uchrashuvda shuningdek energetika bo‘yicha mustaqil maslahatchi Budak Dilli (Turkiya) ham ishtirok etdi. U mamlakatning energetika sohasidagi islohotlar jarayonining tahlili va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Ta’kidlash kerakki, Jahon Banki ko‘magida mamlakat energetika sektorini isloh qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.Va bu hujjat Prezidentning 2018-yil oktyabr oyida qabul qilingan tegishli qarori bilan tasdiqlangan

Energetika sohasini isloh qilish jarayoniga ko‘maklashish doirasida Jahon Bankining energetika sohasidagi eksperti Budak Dill ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazilgan, energetika sektorining holatini yaxshilash bo‘yicha navbatdagi qadamlar belgilab olingan. Elektroenergetika bozorini tanlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Ularning natijalari bo‘yicha B.Dilli tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi «Elektroenergetika to‘g‘risida»gi qonunining tahlili va qonunga kiritilish zarur bo‘lgan tavsiyalari taqdim qilindi.

Ekspertning bu galgi tashrifi davomida energetika bozorining istiqbolli rivojlanishi bo‘yicha taklif qilinayotgan modellari muhokama qilinmoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi  matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech