22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,6 °C

Mamlakatimizda
28 Mart  2019 1153

Xalq ta’limi vazirligi “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitidagi taklif bo‘yicha izoh berdi

“Joriy yilning 23-26-mart kunlari Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostidagi “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammitida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ota-onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish haqidagi murojaati bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati shuni ma'lum qiladi.

 

“Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga o‘zlarini qiziqtirgan va tashvishga solgan masalalari bilan murojaat etishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan sammitda ishtirokchilar tomonidan turli mavzularga oid takliflar berildi.

Tadbir ishtirokchisi voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan onalarni uzoq muddatga chet el mamlakatlariga ishlash uchun chiqishlarini cheklash maqsadida qonun qabul qilish bo‘yicha taklif bergan.

Bu taklif qizlarning atrofdagi voqyealarni o‘rganishlari asosida berilgan. Ya’ni, ota-onalari xorijga ishga ketgan ayrim yoshlar turli nojo‘ya ishlarga, jumladan, jinoyatchilikka ham aralashib qolmoqda.

Mazkur taklif hech kim tomonidan ataylab uyushtirilmagan. Taklif bergan qizlarning voyaga yetmaganligini hisobga olib, sammit davomida mutaxassislar tomonidan qonun birinchi navbatda inson manfaatlariga zid bo‘lmasligi va bu mazmundagi normativ hujjatlar fuqarolarning erkinligini cheklashiga olib kelishi haqida batafsil tushuncha berildi”, deyiladi vazirlik izohida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech