15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Mamlakatimizda
11 Aprel  2019 1144

Xalq ta’limi vazirligi izohi

Xalq ta’limi vazirligi ommaviy axborot vositalarida umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayonidagi imtihonlarda nohaqliklar bo‘layotganligi haqidagi maqolalar bo‘yicha quyidagicha izoh bildirdi:

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentyabrdagi «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 17-dekabrdagi qo‘shma qarorlari bilan “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari” tasdiqlangan.
Umumta’lim maktablari faoliyati samaradorligini baholash jarayoniga jami umumta’lim maktablarining 10 foizi, shu jumladan Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarining 50 tasi qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2019-yil 28-martdagi “Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan ishchi guruhi tomonidan 8-15-aprel kunlari umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilaridan (ona tili fanidan diktant, matematika fanidan yozma ish) nazorat ishlari olinmoqda.
Davlat inspeksiyasining buyrug‘iga asosan 9-sinflari ichidan qur’a tashlash yo‘li bilan 1 ta sinf tanlanib, nazorat ishlari olinishi belgilangan.
Buxoro shahridagi 17-, 35- hamda 38-umumta’lim maktablari tomonidan jarayon boshlangunga qadar yetib kelmagan o‘quvchilar o‘rniga boshqa sinf o‘quvchilari kiritilgan. Bu holat respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan o‘quvchilarni shaxsi birma-bir o‘rganilganda aniqlangan va belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Yuqoridagi holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun Buxoro shahridagi 17-(X.Burxonova), 35-(G.Ravshanova), 38-(M.Mirakova) umumta’lim maktablari direktorlariga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2019-yil 9-apreldagi buyrug‘i bilan “Hayfsan” e’lon qilindi. Umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga qamrab olingan qolgan maktab direktorlari qat’iy ogohlantirildi, deyiladi vazirlik izohida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech