24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,5 °C

Ijtimoiy hayot
23 Aprel  2019 1583

Joriy yildan haj ibodatini amalga oshirish 10 million so‘mga arzonlashtirildi

Yurtimizda so‘ngi yillarda barcha sohalar qatori ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-diniy sohalarga, xususan, mo‘min-musulmonlar Umra, Haj ziyoratlarini ado etishlari uchun qulay sharoitlar hozirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Misol uchun, 2016-yilda mamlakatimizda 5200 kishi muqaddas Haj amallarini ado etib kelgan bo‘lsa, 2017-yildan boshlab 7200 nafar fuqarolarimiz islom dinining muqaddas arkonlaridan birini ado etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ilgari Umra ziyoratiga fuqarolarimiz cheklangan kvota asosida yuborilgan bo‘lsa, o‘tgan yildan e’tiboran fuqarolarimizning yil davomida kvotasiz Umra ziyoratiga yuborish imkoniyati yaratildi.

Mo‘min musulmon borki, Haj ibodatini ado etishni orzu qiladi. Ammo hammaning ham bunga qurbi yetavermaydi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsiy tashabbuslariga asosan fuqarolarimizga Haj va Umra safari mobaynida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish, sarf-xarajatlarni arzonlashtirish maqsadida maxsus ishchi guruhi tashkil etilib, Saudiya Arabistonidagi shirkatlar bilan muzokaralar olib borildi.

2018-yilda fuqarolarimiz uchun Haj ziyoratini amalga oshirish xarajatlari 38 million so‘mni tashkil etgan edi. 2019-yildan Saudiya Arabistonida barcha xizmatlarga 5 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i va mehmonxonalarga 2,5 foizlik soliq kiritildi. Shunga ko‘ra bu yil haj ziyorati sarf-xarajatlari taxminan

42-43 million so‘m bo‘lishi kutilayotgan edi.

Davlatimiz rahbarining irodalari va sa’y-harakatlari natijasida joriy yildan fuqarolarimiz haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirildi, ya’ni haj ibodatini amalga oshirishni 10 million so‘mga arzonlashtirishga erishildi. “Haj-2019” mavsumidan so‘ng umra safari 1,3 millionga arzonlashtirildi. Shuningdek, “Haj-2018” to‘lovidan ortgan 926,5 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ har bir ziyoratchiga qaytirib berildi.

Bularning barchasi mamlakatimizda fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan xalqparvar siyosatning, ezgu ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech